Sariosiyo tumani hokimligi-Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 68-sessiyasi bo'lib o'tdi
...
01.08.2024
85 marta o'qildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 68-sessiyasi bo'lib o'tdi

 

Kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2024-yilning II choragida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi sektor rahbarlarning hisoboti tinglandi.

 

Jumladan 4-sektor rahbari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i G.Samiyevaning Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirilishi, prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

 

Kun tartibidagi masalalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz hamda mazkur havola orqali esa siz Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 68-sessiyasi to'lliqligicha ko'rib chiqishingiz mumkin.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?