XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING
68-SESSIYASI KUN TARTIBI
1. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani hokimi Donayev Abduqodir Haydarovich hamda tumanga biriktirilgan, Sanoat qurilish bank Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i J.Ergashovning II-yarim yillikda tumanda amalga oshiriladigan oyma-oy vazifalari yuzasidan murojaati to‘g‘risida.
(Ma’ruzachilar:tuman hokimi - A.Donayev, Sanoat qurilish bank Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i- J.Ergashov )
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2024-yilning II choragida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
(Ma’ruzachilar:Sektor rahbarlari)
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosi hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati natijadorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Sariosiyo tuman Xalq qabulxonasi mudiri Jo‘rabekova Oydin Do‘stovnaning axboroti haqida.
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman Xalq qabulxonasi mudiri Jo‘rabekova Oydin Do‘stovna)
4. Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.
(Ma’ruzachi:tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i-M.Amonto‘rayev)
5. Tumanda 2024-yilning 2-choragi davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi:Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i-B.Bobojonov)
6. Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirilishi, prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i-G.Samiyeva)
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini tumanda bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘lim boshlig‘i S.Sheraliyevning hisoboti to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i- S.Sheraliyev)
8. Sariosiyo tumanida 2024-yil 1-mavsumda “Ochiq budjet” axborot portali orqali qo‘shimcha g‘olib deb topilgan taklifni ma’qullash va mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
9. Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining 2024-yil 10-maydagi VI-66-44-8-116-K/24 sonli “Sariosiyo tumanida 2024-yil 1-mavsumda “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarda “g‘olib” takliflarni tanlab olish va ularga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
10. “Sariosiyo tumani 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi xalq deputatlarining Sariosiyo tuman Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-61-124-8-116-K/23-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
(Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi)
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining ijrosi haqida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
13. Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining 2024-yil 1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan qabristonlar holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.
(Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
14. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi “Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-sonli majlisi bayonnomasida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Sariosiyo tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatovaning hisoboti to‘g‘risida.
(Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U.I.Muxammadiyev hamda Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 15-iyundagi “Surxondaryo viloyatiga xayriya mablag‘lari ajratish hamda Denov, SHo‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlarida yashovchi nogiron, ehtiyojmand oilalar hamda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun moddiy yordam ajratish to‘g‘risida”gi 02-01/133-sonli yig‘ilish bayonining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
16. Tumanda “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2024 yil 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sariosiyo tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Qosimovning hisoboti to‘g‘risida.
(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi)
17. Huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yerlar va ushbu yerlardan foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi Ishchi guruhining hisoboti to‘g‘risida.
(Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi)
18. Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida.
19. Sariosiyo tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori asosida tuman Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari oldida axborot berishi yuzasidan Kengashning namunaviy tartibini tasdiqlash haqida.
(Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish to‘g‘risida”gi KQ-687-son qarori ijrosini ta’minlash haqida.
(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi)
22. Sariosiyo tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan yuborilgan xatni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
(Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi)