Sariosiyo tumani hokimligi-Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
...
31.10.2024
21 marta o'qildi

Shargʻun Madaniyat markazida Sariosiyo tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 

Tanlovda har bir qizning orzusi sanalgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining sohibasi boʻlish istagidagi 30 nafardan ortiq taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori choʻqqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan yoshlar ishtirok etishdi.

 

Iqtidorli qizlar ixtisoslik bo‘yicha adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va ijtimoiy faoliyatdagi alohida yutuqlari uchun ishtirok etdi. Ular o‘zlarining ilmiy faoliyati, olib borayotgan izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

 

Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ishtirokchi qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari va soʻngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik sohalaridagi alohida yutuqlarini koʻzdan kechirib, odilona baholab bordilar.

 

Yakunda ishtirokchilar orasidan 10 nafar gʻoliblar saralanib, eng munosib deb topilgan iqtidorli qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?