Joriy yilning 5-dekabr sanasida tuman hokimining o'rinbosari "Oila va xotin-qizlar" bo'lim boshlig'i Toshmatova Dilfuza Aliboyevna tomonidan Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchilari hamda 11-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida "Har qanday zo'ravonlikka qarshimiz"mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish va uning mudhish oqibatlariga barham berish, oilaviy va shaxslararo munosabatlarda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.