Ushbu tashkil etilgan seminarda 92 nafar maktab direktorlari ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad esa Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir. Maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan treninglarda ishtirokchilar faollik bilan ishtirok etdi.