Sariosiyo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari tomonidan Galabutta mahallasida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali yuqumli kasalliklarni oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigenik jihatdan orastalikni taʼminlash boʻyicha uyma-uy yurgan holatda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mahallada uyma-uy kirib yuqumli va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlar jarohatlar, ovqatdan zaharanishlar, shu jumladan botulizm, brutsellyoz, qoʻtir, sil kabi kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari, profilaktikasi boʻyicha maʼlumotlar berib borilmoqda.