Sariosiyo tumani hokimligi-“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘iga media-tur tashkil etildi.
...
13.03.2024
95 marta o'qildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘iga media-tur tashkil etildi.

Ushbu milliy tabiat bog‘i Hisor tog‘ tizmalari bag‘rida “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligining 27 ming 851 gektar maydonida tashkil etilgan. Bog‘da “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlar, qushlar, daryolarida qizil farel baliqlar, turli dov-daraxt va shifobaxsh o‘simliklar, rang-barang gullar qo‘riqlanib, ko‘paytirilmoqda.

Xususan, hayvonot va nabotot olamiga boy bog‘ hududida qo‘ng‘ir ayiq, qor qoploni, silovsin, bo‘ri, tulki, sibir tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, jayra va boshqa tur jonivorlarni uchratish mumkin.

Dastlab, media-tur ishtirokchilari “To‘palang” suv ombori bilan tanishdi. Navbatdagi manzil — “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i ostonasida joylashgan “Kundai juvoz” qishlog‘i bo‘ldi. Jurnalist va blogerlar qishloqda tashkil qilingan mehmon uylari, turizmni rivojlantirish va sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?