Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida saf tortib yurish marosimi o‘tkazildi
Sariosiyo tuman hokimligi, 49543-sonli harbiy qism, Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi I.J.Q.K departamenti Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida tumandagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari va mahallalardagi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb etish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan baquvvat, bilimli, keng dunyoqarashli, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan barkamol avlod qilib tarbiyalash maqsadida, tumanda harbiy vatanparvarlik musobaqasi, harbiy estafeta festivali doirasida qo‘shini Uzun tumani chegarasidan Sariosiyo tumani markazigacha harbiy qism va mas’ullar ishtirokida saf tortib yurish marosimi bo‘lib o‘tdi.