Sariosiyo tumani hokimligi-Yoshlar va harbiy xizmatchilar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi
...
31.10.2022
170 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablarida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilar ongida yurt ozodligi uchun kurash, xalqparvarlik va bunyodkorlik tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida Sariosiyo tumanida joylashgan 49543 – sonli harbiy qismda “Harbiy qismda bir kun" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman mudofaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, harbiy qism faxriylari, nuroniylar, Sariosiyo tumanidagi 10 va 47- sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari va harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar harbiy qism bilan yaqindan tanishish asnosida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar chiqishlar, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yaroqlar ko‘rgazmasi yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?