Joriy yilning 21-oktabr kuni Sariosiyo tumani 2-sektor hududidagi "Bog‘isamarqand" mahallasida tuman hokimining Yoshlar siyosati ijtimoiy-rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A.Qurbonov, tuman prokurori katta yordamchisi A.Xayrullayev, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Qulfiddinovlar bilan birgalikda yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida stol tenisi va shaxmat doskalari taqdim etildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida terorizm va ekstrizmga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Uchrashuv so‘nggida 71-umumta‘lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida o‘quvchilarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirdi hamda o‘quvchilar bilan suhbat olib borildi.