Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-6867721) muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan 71 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish mumkin.
Sariosiyo tumani "Jannatmakon" mahallasida ham ushbu qaror asosida 6 nafar yoshga 71 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo’lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makka jo‘xori, tosh, karam, gul karam, brokli, yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Maxmudov Muxriddin boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.