Joriy yilning 10-dekabr kuni Sariosiyo tumani, Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan Yoshlar ishlari tuman bo‘limida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tuman bosqichida 4 ta sektorlardan jami 36 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni 10-14 yosh Shabnam mahallasidan Nuraliyev Malohat Zarifjon qizi;
1-o‘rinni 15-19 yosh Shabnam mahallasidan Toshmurodova Xurbibi Dilshod qizi;
1-o‘rinni 20-30 yosh Niholzor mahallasidan Abdurahmonova Aziza Valijon qizi qo‘lga kiritdi.
“Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar Viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.