Sariosiyo tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Oltibayev “Yoqutli bog‘” mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuvda, tuman prokurori tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi turmush sharoitlarini yanada oshirish borasidagi amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi davomida aholining, xususan yoshlarning ish bilan ta’minlash, ta’lim kontraktini to‘lash, subsidiya, moddiy yordam va kredit ajratish kabi murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan mutasaddi idora rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.