...
01.11.2022
123 marta o'qildi

Tuman-shaharlarda tashkil qilingan mahalla yoshlar yetakchilari bugun chin ma’noda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bandligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Bugungi kunda o‘zining samarali faoliyati va namunali harakatlari bilan ibrat bo‘la olgan yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish maqsadida Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” Respublika ko‘rik tanlovi ham o‘ziga xos yangilik bo‘ldi.

 

 

Bugun, Yoshlar bog‘ida tumandagi 61 ta mahallada faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs yakuniy natijasiga ko‘ra:
1-o‘rin Madankon mahallasi Yoshlar yetakchisi Fatxullayev Shamsiddin Kamoliddin o‘g‘li;
2-o'rin Boysunobod mahalla Yoshlar yetakchisi Abdurashidova Nodira Abdualimovna;
3-o'ringa Lochin mahallasi Yoshlar yetakchisi Shoymardonov Foziljon Qurbonali o‘g‘li loyiq topildi hamda g‘olib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?