Tuman madaniyat markazida mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo'lgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ilg'or tajribalarini ommalashtirish borasida faol bo'lgan ayollar ishtirokida "Yil ayoli" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu tanlovda tumanimizdan 11 nafar xotin-qizlar 3 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Qizg'in va murosasiz kechgan baxs yakuniga ko'ra g'oliblikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Oydin Jo‘rabekova egalladi hamda viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish.