Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Aeroport" mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo'lgan yer maydonini o'zboshimchalik bilan 0.01 gektar egallab olib, 30.0 kv.metrdan iborat uy-joy uchun fundament (poydevor) qurib olganligi holati aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan, Sariosiyo tuman Kadastr inspektorlari tomonidan Yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga qilmishining huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilib noqonuniy qurilmalar joyning o'zida bartaraf etilishiga erishildi.
Shu o'rinda eslatma, Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishi ta'minlansa va o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-moddasi 4-qismi (https://lex.uz/acts/97664)bilan Javobgarlikdan ozod etilishiga sabab bo'ladi.
Unutmang Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.