Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil makon” umummilliy harakatining ma’no-mazmuni, maqsadi ham yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda. Shu ma'noda “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlar joylarda tizimli ravishda amalga oshirilayapti.
Xususan, Sariosiyo tuman "Obodonlashtirish" boshqarmasi tomonidan “Yangihayot” mahallasida xayrli tashabbuslar davomida 200 dan ortiq virgin archasi ko‘chatlari ekildi.