Joriy yilning 8 noyabr kuni Sariosiyo tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Abduraimov Saydulla Berdishukurovich, tuman hokimi o‘rinbosari Qurbonov Asqarali Salomovich hamda mutassadi tashkilot rahbarlari, tuman deputatlari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati xususida huquqiy tushunchalar berildi va uning ijrosini ta’minlash kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar so‘ngida qatnashchilar o‘rtasida savol javoblar bo‘lib, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.