Sariosiyo tumani hokimligi-Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
...
05.05.2023
122 marta o'qildi

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni  oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i M.Amonto‘rayevlar ishtirokida Sharg‘un shahar 5-umumta‘lim maktabida "Voyaga yetmagan o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish" mavzusida  maktab o‘qituvchilari, psixologlar, ota-onalar ishtirokida davra suhbati  bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning  oldini olish uchun yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun turli xil to‘garaklarga jalb qilish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasalari, mahalla va ota-onalar o‘rtasida doimiy ravishda hamkorlik o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlandi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi tushunchasi, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar hamda ularning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?