Аholi xavfsizligini taʼminlash, jamoat tinchligini saqlash ichki ishlar xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Jumladan, ushbu sohada ishlab hozirgi kunda nafaqaga bo’lgan yurtdoshimiz bilan suhbat qurish maqsadida Sariosiyo tumani “Yangihayot” mahalla faollari Erkin Boboyevning xonadoniga tashrif buyurdi.
17 yildan buyon nafaqada boʻlgan Erkin Boboyev organ sohasida faoliyat olib borgan paytlarini eslar ekan vatan uchun xizmat qilish haqiqiy er yigitning burchi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Ajoyib suhbatdan bahramand boʻlgan mehmonlar Erkin Boboyevga esdalik sovgʻalarini taqdim qilib 25-oktabr ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan muborakbod etdilar.