O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida joriy yil 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi.
"Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:
Bugun, tuman hokimi boshchiligida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda
➖ aholi yashash xonadonlari;
➖ ko‘p qavatli uy atroflari;
➖ guzar va xiyobonlar;
➖ ziyoratgoh va qabristonlar;
➖ ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi belgilab olindi.