UCh AVLOD VAKILLARINI BIRLASHTIRGAN TADBIR
Joriy yilning 1-may kuni Sariosiyo tumani 21-umumta'lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirida Sariosiyo tuman prokurori N.Azizov, tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi S.Qosimov, tuman hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i D.Toshmatova, "Nuroniylar jamotchilik kengashi" a'zolari, o'qituvchi hamda o'quvchi yoshlar ishtrok etdi.
El-yurt ravnaqi yoʻlida kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi. Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, yosh ijodkorlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida tashkil etilgan bir piyola choy atrofida uch avlod vakillari bir-birlari bilan samimiy suhbatlashdilar.