Qabriston nafaqat insonning so‘nggi borar manzili, balki o‘zligini anglash, qalbida ajdodlarga hurmat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan muqaddas maskan hisoblanadi. Shu bois ham xalqimiz qadim-qadimdan qabristonni tabarruk bilib, uni obod qilishga alohida e’tibor qaratadi.
Ayniqsa so'nggi yillarda tumandagi mavjud qabristonlarni saqlash, obodonlashtirish, yanada fayzli go‘shaga aylantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda aholi tomonidan tumanning barcha mahallalaridagi qabristonlarni ta'mirlash, tozalash hamda daraxtlarni butalash, gul va ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.