Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov, tuman hokimi o‘rinbosari Asqarali Qurbonov Bo‘yrapo‘sht mahallasida istiqomat qiluvchi Mirzobadal Rahimov xonadoniga tashrif buyurib holidan xabar oldi.
Xabar olish asnosida M.Rahimov bilan suhbatlashib yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi hamda muammo va takliflariga quloq tutdi.
Eslatib o‘tamiz, Mirzobadal Rahimov tuman hokimining fuqarolar qabulida yo‘llagan murojaatiga asosan o‘z bandligini ta‘minlash maqsadida kompyuter jamlanmasi bilan ta‘minlangan edi.