Bugun, 10 noyabr kuni Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov, tuman hokimining sohalar bo'yicha o'rinbosarlari hamda jurnalist, blogerlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Tumanda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning yechimini tizimli tashkil etish" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumani davomida Abdisalom Xujaqulov tuman hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar va ularni tizimli hal etish xususida to'xtalib o'tdi. Shuningdek, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Qolaversa tumanimizda aholi vakillarining turmush darajasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Yakunda matbuot anjumani qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda mazkur mavzu doirasida o'zlarining takliflarini berib o'tdi.