Sariosiyo tumani hokimligi-Topshiriqlar ijrosi muhokamasi bo‘ldi 2024-yil 5-sentabr
...
05.09.2024
41 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokim Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada kunlik topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.

 

Shuningdek, viloyat hokimining tumanga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, qurilish, kommunal xo‘jalik masalalari, ijtimoiy soha, tibbiyot va ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari birma-bir tahlil qilindi.

 

Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan muhim va dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?