Sariosiyo tumani hokimligi-Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
...
13.07.2024
58 marta o'qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sariosiyo tuman bo‘yicha mutaxassisi J.Ma’murov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakili, Sariosiyo IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi, Sariosiyo tuman Nuroniylar jamg'armasi bo‘limi hamkorligida Nurobod mahallasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Tadbirda, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.

 

Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, noqonuniy diniy ta’lim va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

 

Ushbu uchrashuvlar faol savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

 

Targ‘ibot tadbiri joylarda davom etadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?