Qabulda ishtirok etgan 32 nafar tadbirkor bank krediti va subsidiya olishga koʻmaklashish, gaz, suv va elektr taʼminotini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va boshqa koʻplab masalalarda murojaat qildilar. Qabulda tadbirkorlarning murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi. Yo'llangan murojaatlarning 4 tasi shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa, qolgan vaqt talab etadigan masalalarga muddat belgilanib mas'ullarga yo'naltirildi.