Bugun, 2-umumta‘lim maktabida Xalq deputatlari viloyat Kengashi, tuman Adliya, Ichki ishlar, Xalq ta‘limi, maktabgacha ta‘lim, bandlik, Sog’liqni saqlash va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida ta‘lim sohasini hamkorlikda rivojlantirish maqsadida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi mudiri Abduraimov Saydullo Berdishukurovich, Sariosiyo tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i L.Raimov tuman IIB xodimi mayor A.Dobilov va xalq ta‘limi bo‘limi xodimlari, umumta‘lim maktabi direktorlari, Sog’liqni saqlash va MTT xodimlari ishtirok etdi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosi, ta‘lim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar, ta‘lim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi, ichki ishlar bo‘limi va ta‘lim muassasalarida hamkorlik, ta‘lim muassasalari tomonidan bandlik bo‘limiga hisobot topshirish tartiblari va muddatlari to‘g‘risida ta‘lim sohasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga mutaxassislar tomonidan kerakli ma‘lumotlar berib o‘tildi.
Amaliy seminar yakunida ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, seminar jarayonida Xalq ta‘limi va maktabgacha ta‘lim tashkilot rahbarlari, deputat hamda direktorlar tomonidan bir qator sohaga oid savol va takliflar bildirib o‘tildi. Bevosita savollar va takliflarning yechimi bo’yicha manzili ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olindi.