...
22.03.2025
0 marta o'qildi

Mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida belgilangan.

 

Mazkur sana munosabati bilan bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da mahalla tizimida fidokorona mehnat qilayotgan ilg‘or xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

 

Mahallalarni obod qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratish yo‘nalishidagi xizmatlari uchun 14 nafar xodim “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, 25 nafariga esa viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Taqdirlash marosimidan so‘ng, mahalla tizimi xodimlari uchun kasb bayrami munosabati bilan konsert dasturi namoyish etildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?