Fidoiy xodimlarni xizmatlarini munosib rag‘batlantirish va ularni kelgusi ishlarini jaddalik bilan amalga oshirish maqsadida “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” ko'rik tanlovining "Eng yaxshi sektor rahbari" yo'nalishi bo'yicha Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i Amonto‘rayev Muxiddin Shoto‘rayevich ham faol ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko'ra o'zini fidokorona mehnati samarаsi o‘laroq Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i M.Amonto'rayev "Eng yaxshi sektor rahbari" tanlovining Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallab spark avtomobili sohibi bo‘ldi.
M.Amonto'rayevga kelgusi ishlariga muvaffaqiyat, sogʻlik va yuksak ishonchni oqlash yoʻlidagi izlanishlariga omad tilaymiz.