Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Saidnazarov rahbarligi Shoqishloq mahallasi hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, 20 nafarga yaqin fuqarolarning tibbiyot sohasiga hamda boshqa masalalarga yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.
Qabulda yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari migratsiyadan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.