"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Sariosiyo tumanidagi 3- va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.
Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.