Sariosiyo tumani hokimligi-Seminar trening: “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!”
...
25.09.2024
32 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida keksa va o‘rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

 

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish bo‘yicha bugun Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislari zalida tumandagi tashkilot va korxonalarning xodimlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilariga “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?