Sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Hududlarda oʻrganishlar va aholining eʼtirozlari, muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan doimiy tarzda sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Bugungi sayyor qabul Niholzor mahallasida tashkil etilib unda Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev, 3-sektor rahbari M.Amonto‘rayev, 4-sektor rahbari G.Samiyeva hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Qabulda fuqarolar tomonidan elektr ta'minotini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yo'llarni ta'mirlash, ehtiyojmandlarga moddiy yordam ajratish hamda ishga joylashtirish kabi fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, vaqt va mablagʻ talab qiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi va ijrosi boʻyicha masʼullar biriktirildi.