Sariosiyo tumani prokurori, 2-sektor rahbari B.Oltibayev tumanning “Hulkar” mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlari tinglandi.
Xususan, tuman prokurori B.Oltibayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy, mahallama-mahalla yurish orqali har bir xonadonga kirib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida, “Hulkar” mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda, elektr ustunlarini yangilash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, subsidiya asosida asbob-uskuna bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish, aholi ixtiyoridagi chorva mollari uchun yaylov yerlarini ajratish va boshqa turli mazmundagi murojaatlari tinglandi.
Qabulda yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.