Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning Sebzor mahallasida o‘tkazildi. Qabulda Sebzor mahallasi faollari hamda aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida, aholi va yoshalar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.