Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Shu bois, bugun 24 oktabr kuni Sariosiyo tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Shuhrat Qalandarov, tuman hokimi o'rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo bo'limi boshlig'i Bahodir Sattorov hamda korxona va tashkilot rahbarlari birgalikda aholining muammolari joyida borib o'rganish va ularni hal etish, maqsadida “Nodirabegim” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida "Sayyor qabul" o'tkazildi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan oqava suv, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun mini stadion qurish, har bir oila tadbirkor yo‘nalishi doirasida kredit mablag‘i ajratish, moddiy yordam kabi bir qator murojaatlar yo‘llangan bo‘lib murojaatlarning ba'zilari shu yerda hal etilgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.