Sayyor qabul muammolar yechimi
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev kunning ikkinchi yarmida 12-umumta‘lim maktabida "Nodirabegim" va "Nurobod" mahallasi yoshlari hamda fuqarolari ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazdi.
Sayyor qabulda yoshlar tomonidan oliy ta‘limda tahsil olayotgan talabaning shartnoma pulini to‘lash, davolanishda moddiy yordam, nogironlik tayinlashda amaliy yordam, haydovchilik guvohnomasi olishda shartnoma mablag‘ini to‘lash kabi murojaatlar yo‘llangan bo‘lsa fuqarolar tomonidan Nodirabegim mahallasini tomorqa yerlarini suv bilan ta‘minlash, ichki yo‘llarni ta‘mirlash, transformatorni yangisiga almashtirish bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qilishdi.
Murojaatlarning ba'zilari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, mablag‘ va muddat talab qilinadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga muddat berildi.