Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyolik yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
...
03.11.2022
179 marta o'qildi

Bugun, 3 noyabr kuni Sariosiyo tumani “Bog'ishamol” mahallasida Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jamshidjon Choriyev, tuman hokimi o‘rinbosari Asqarali Qurbonov hamda yoshlar ishlari agentligi tuman bo'lim boshlig'i Anvar Qulfiddinov ishtirokida Sariosiyolik yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning jami 18 ta muammo hamda takliflari tinglandi va 17 ta murojaat shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Tashrif doirasida mas‘ullar Sariosiyo tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Hamzayev Zavqiddining xonadoniga tashrif buyurib yashash shart-sharoitlari o’rganildi va unga payvandlash uskunasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etildi.

 

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchilarini ish samaradorligini oshirish maqsadida “Bog‘ishamol” va “Lochin” mahallalari yoshlar yetakchisiga kompyuter jamlanmasi berildi. 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?