...
24.07.2024
35 marta o'qildi

2024-yilning 9-iyul kuni sportning "Usmanov Kombat Sistem" turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o'rtasida, Andijon shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

 

Unda kattalar, yoshlar, o‘smirlar va yosh bolalar o‘rtasida birinchilik uchun qizg‘in musobaqa bo‘lib o'tdi.5 ta yo‘nalish bo‘yicha: Nakdaun (A) yo‘nalishi, Ful kontakt (A), Kombat kurash yo‘nalishi, jamoaviy ko‘rgazmali chiqishlar yo‘nalishi va yakkaxon ko‘rgazmali chiqishlar yo‘nalishlari bo‘yicha sportchilar kurash olib bordilar.

 

Ushbu jahon chempionatida, Sariosiyo tumani MAXSIMUS sport klubi a'zosi Murodaliyev Boburjon 8,10-yoshlilar o'rtasida jahon chempionatida 1-o'rinni egallab oltin medal va kamarni qo'lga kiritdi.

 

Sportchimizning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?