Sariosiyo tuman prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yosh kitobxon” shiori ostida, 2-sektor hududida istiqomat qilayotgan 18-30-yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
Kitobxonlik tanlovida faol bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.