Sariosiyo tumani Dashnobod hududining “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Abdukarim Ahmedov o‘z yashash uyi hovlisidan 2 dona sopol xum topilganligi haqida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar bergan.
Xumlarning tarixiy ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida ular viloyat madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan butunligicha qazib olingan.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, xumlar milodiy IX-XII asrlarga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.