Sariosiyo tuman prokurori o‘rinbosar A.To‘rayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i oʻrinbosarlari podpolkovnik Sh.Qosimov, mayor N.Xoliqov boshchiligida tuman hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, “Xavfsiz tun” tadbiri doirasida jalb qilingan tuman Ichki ishlar bo'limi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga kengaytirilgan xizmatoldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi.
Bunda, xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, zaruriy profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Har bir sohaviy xizmat xodimlari tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida kuchaytirilgan xizmatga jalb etildi.