Tumandagi "Chinor” tantanalar saroyida “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan mahalla tizimida faoliyat yuritayot gan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Xususan, tuman hokimligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan tumanimizdagi 61 ta mahalla raislari va keng jamoatchilik vakillariga bayramona dasturxon yozildi.
Unda, tuman hokimligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Sariosiyo tuman bo‘limi rahbar va xodimlari, Xalq qabulxonasi mudirasi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda tumandagi mahalla raislari va faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan mahalla faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatimizda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi samarali xizmatlari uchun bir guruh mahalla raislari va faollariga tuman hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Mahalla tizimi xodimlari!