SARIOSIYO TUMANIDA DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI KUBOGI DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
Bugun, 17-aprel kuni Sariosiyo tumani “Lutfkor” mahallasidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining mini-futbol o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining tuman bosqichiga start berildi.
Musobaqalar 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida — o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida futbol va mini futbol, qizlar jamoalari o‘rtasida mini futbol sport turlaridan bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda an’anaga ko‘ra qur’a tashlanib, tumandagi 61 ta mahallaning sportchilari 16 ta guruhlarga bo‘linib, o‘zaro bellashishi qayd etildi.
Tadbirda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etishdi va sportchilarga omadlar tiladilar.
Musobaqalar ertaga, 18-aprel kunidan boshlanadi. Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etishadi.
Tumanimiz yoshlariga Besh tashabbus olimpiyadasi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalardan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlaringizni tilab qolamiz.