Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil may oyi reja grafigiga asosan, bugun, tumandagi Kasb-hunar o‘qitish markazida ishlash istagini bildirgan yosh fuqarolarni, oliy ta’lim bitiruvchilari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, voyaga yetmagan yoshlar, qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatilganlar, muqaddam sudlanganlarni ish bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida, 145 ta tumandagi korxona va tashkilotlar 435 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada, 65 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib shundan 11 nafari yoshlar, 49 nafar ayollarni tashkil etdi. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 37 nafar fuqarolar ish bilan ta’minlandi.