Sariosiyo tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan 2024-yil yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev ham ishtirok etib, joriy yilning 26-fevral sanasida oʻtkazilgan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” koʻrik tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi.
Tanlov natijalariga koʻra:
1-o‘rin 5-sonli umumta’lim maktabi 100 mln. soʻm;
2-o‘rin 3-sonli umumta’lim maktabi 75 mln. soʻm;
3-o‘rin 4-sonli umumta’lim maktabi 50 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Gʻoliblarga tuman hokimligi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi bilan hamkorlikda pul mablag‘lari topshirildi.