Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida yer va kadastr bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda
...
15.05.2024
139 marta o'qildi

Kadastr agentligi tizimida yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasidagi monitoring ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi holatlari aniqlanmoqda.

 

Shu o‘rinda eslatma!

 

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning “Bog‘iston” mahallasi hududida fuqaro A.S. tomonidan tuman hokimligi zaxira yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 0.02 gektar yer maydonini egallab 100 kv.m o‘lchamda qurilish qilganligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng, yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?