Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, tuman prokurori B.Oltibayev, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev tomonidan tumanning Yangihayot mahallasida mahalla yettiligi, yoshlar va faol nuroniylar ishtirokida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 2024-yil 26-dekabrda jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sharoit yaratgan omillarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilish bayonnomasi mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.
https://t.me/sariosiyohokimligi/54314